O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirlari o‘rinbosarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qardosh ikki davlat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilm-fan, urug‘chilik, bog‘dorchilik, kartoshkachilik yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlar asosida manfaatli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida respublikamiz agrar sohasini jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi tizimiga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarning taqdimoti ham o‘tkazildi.
Vazirlikning tegishli boshqarmalari va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM mutaxassislari o‘tgan davrda amaliyotga joriy etilgan axborot tizimlarini “onlayn” tarzda namoyish qilishdi. Shuningdek, sohaga oid ishlab chiqilayotgan yangi ishlanmalar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdilar.
Qishloq xo‘jaligi yer maydonlari va ekinlarini monitoring qilish, tuproq, suv, o‘simliklarning vegetatsiyasiga oid, kosmik suratlar, dala maʼlumotlarini tahlil qilishga mo‘ljallangan Geoaxborot tizimi, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer maydonlarini ijaraga berishda foydalanilayotgan “E-IJARA” axborot tizimi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda subsidiya ajratish jarayonlarining ochiqlik va shaffofligini taʼminlovchi “Agrosubsidiya” axborot tizimlarining imkoniyatlarini qirg‘izistonlik hamkasblar yuqori baholadilar.
Shu bilan birga, “bir darcha” tamoyili asosida ishlab chiqilgan hamda fermer xo‘jaliklariga paxta, g‘alla va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, sug‘urtalash, lizing asosida texnika sotib olish va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda taʼminot va xizmat ko‘rsatishni taʼminlovchi “Agroplatforma” axborot tizimi to‘grisida batafsil ma’lumotlar berildi. Toshkent davlat agrar universitetida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, o‘qitishning zamonaviy vositalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan “Smart Campus” loyihalarning maqsadi va joriy holati to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.
Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Nurdin Alisherov davlatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish loyihalarini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi dolzarb ahamiyatini taʼkidlab o‘tdi. Ikki davlatda sohaga doir o‘xshash qonunchilik tizimi mavjudligini va ushbu ishlab chiqilgan axborot tizimlarini Qirg‘iz Respublikasida ham hamkorlikda qo‘llash masalalariga katta qiziqish bildirdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: