Odamlar qadim zamonlardan buyon iste’mol qilish hamda ko‘plab kasalliklarni davolash maqsadida qo‘ziqorinlardan foydalanganlar. Ammo ushbu ajoyib o‘simlikning foydali xususiyatlarini o‘rganish faqat o‘tgan asrda boshlangan. Deyarli har bir tadqiqot qo‘ziqorin turlarining yangi xususiyatlarini ochib beradi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Shampinyon” (Agaricus) va “Veshenka” (Pleurotus ostreatus) urug‘lik mitseliysini hamda hosilini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari foydali “Shiitake” (Lentinulla edodes), “Enoki” (Flammulina velutipes) va “Eringi” (Pleurotus eryngii) qo‘ziqorinlarini ko‘paytirish texnologiyasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Qo‘ziqorinning tarkibi uning turiga, o‘sish joyiga, yoshiga va boshqa omillarga bog‘liq. Insonlar isteʼmoli uchun ko‘p foydalaniladigan qo‘ziqorinlarda A, D, E, PP, B guruhi, kaliy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, yod kabi mikroelementlar mavjud. Baʼzi qo‘ziqorinlar tarkibida A va B guruh vitaminlari boshqa sabzavotlarnikiga ko‘ra serob. Shuningdek, uning tarkibida ortiqcha yog‘lar umuman kuzatilmaydi. Qo‘ziqorin aminokislotalar, efir moylari, fermentlar va boshqa kerakli moddalarni o‘zida jamlagan.
Salomatlik uchun foydali. Qo‘ziqorinning foydali xususiyatlari bisyor. U tarkibida ko‘plab vitamin va minerallarni o‘zida mujassam etgani uchun:
“Oyster” (Veshenka) qo‘ziqorinlari inson organizmini har xil kasalliklardan himoya qiladi. Chunki ularning tarkibida PP vitamini bor. Radioaktiv moddalarni to‘plamaydi, aksincha, ularni organizmdan chiqaradi.
Yaponiyada juda keng tarqalgan “Shiitake” qo‘ziqorinlari inson salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Ulardan saraton va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: