O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorligida 21-oktyabr—O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bayram tantanalarida vazirlik markaziy apparati va tizimidagi tashkilotlar vakillari, universitetning professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari ishtirok etdilar. Vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori Sohib Islomov tabrik nutqlari bilan tadbirni ochib berishdi.
Unda ishtirok etgan elimiz suygan shoirlar Bobur Bobomurod va Sayyora To‘ychiyevalar otashin so‘zlari va ijod namunalari, hamda universitetning badiiy havaskor ilmiy-pedagog xodimlari va talabalari ijro etgan sheʼr va mumtoz va zamonaviy qo‘shiqlari, Abdulla Qodiriy nomidagi satira teatri aktyorlari namoyish etgan “Julqunboy” sahna ko‘rinishi bilan qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyatini baxsh etishdi.
Bayram tadbirida ona tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini mustahkamlash borasida samarali faoliyat yuritgan xodimlar hamda bayram arafasida o‘tkazilgan turfa tanlovlar g‘oliblari vazirlik va Universitet tomonidan moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: