O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Respublika urug‘chilikni rivojlantirish markazida markaz xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari va urug‘liklarini yetishtirishda xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Organik mahsulotlar ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi hamda Andijon viloyatidagi organik o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi “Agro Max Himoya” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “Organik qishloq xo‘jaligi» hamda “GLOBAL G.A.P.” xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikat olish masalalari muhokama qilindi.
Seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligi ekinlari va urug‘lik yetishtirishda xalqaro standartlar talablarini joriy etish va qo‘llashdan iborat. Bu esa, o‘z navbatida, oziq-ovqat xavfsizligi sifati kafolati sanaladi.
“Boshqarmamiz oldiga eksport geografiyasini yanada kengaytirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining barcha tarkibiy tuzilmalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro standartlarini targ‘ib qilish maqsadida shunday seminarlarni o‘tkazish vazifasini qo‘yganmiz”, – deydi Organik ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Anvar Djumanov.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: