O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva “Better Cotton Initiative” (BCI) nodavlat notijorat tashkiloti menejeri Reychel Bekket bilan hamkorlikni kengaytirish masalasida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston paxtachilik klasterlari uchun xalqaro standartlarni joriy etish, jumladan, ularning litsenziyalash talablariga muvofiqligini tekshirish va mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini kuzatish tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida o‘zbek paxtasiga e’lon qilingan boykotning bekor qilingani mahsulotimizni jahon bozoriga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirganiga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilishicha, BCI “paxta dalasidan tortib to sotishgacha” butun ishlab chiqarish jarayonini sertifikatlashtirmoqda. Uning mingdan ortiq a’zolari bor, jumladan, dunyodagi 80 dan ziyod eng yirik brendlar unga a’zodir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: