Koreya Respublikasining Gimcheon shahrida “2022 yilda Osiyo urug‘chilik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha salohiyatni oshirish” dasturi (ODA) doirasida Osiyo davlatlaridan 15 nafar delegatlar o‘quv treningda ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi Don va ozuqa ekinlari bo‘limi boshlig‘i Izzat Boltayev qatnashdi.
Trening avvalida ishtirokchilarni KSVS Koreya urug‘chiligi va navlarga xizmat ko‘rsatish tashkilotining tashkil topish tarixi, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlari va kelajakdagi ustuvor vazifalari bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng trening doirasidagi amaliy mashg‘ulotlarga start berildi. Nav va duragaylarni tekshirish bo‘yicha tahlillar va laboratoriyada amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘simlik navining fenologik, genetik, morfologik hamda biokimyoviy tajribalari bilan laboratoriya sharoitida tanishtirish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida tashkilotning Jeonju va Chongup filiallariga ekskursiya amalga oshirilib, navlarni dala sharoitlarida ko‘rgazmali sinov ishlarining holati va ularni qishloq xo‘jaligi mahsulot yetishtiruvchilarga tanishtirish tizimi o‘rganildi.
O‘simliklarning yangi navlarini muhofaza qilish halqaro ittifoqi (UPOV)ga aʼzo mamlakat sifatida Koreya Respublikasida o‘simlik seleksiya yutuqlarini muhofaza qilish tizimi (PVP, Plant variety protection)ni joriy etilganligi va uni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflari bo‘yicha ham maʼlumotlar taqdim etildi. O‘quv trening yakunida qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: