Bugungi kunda hududlarda avgust oyidan ekilishi boshlangan piyoz va sarimsoqpiyozni yerga qadash ishlari yakunlanmoqda.
2022-yilning 11-oktyabr holatiga ko‘ra, barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan avgust-sentyabr oylarida jami 96,1 ming gektarga (f/x va q/x korxonalarida 27,3 ming ga) piyoz va sarimsoqpiyoz ekilgan bo‘lib, shundan, 50,8 ming gektarini piyoz va 45,3 ming gektarini sarimsoqpiyoz tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyat hokimliklarining takiliflariga asosan, barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 2023-yil hosili uchun jami 305,4 ming gektarga shundan, 101,3 ming avgust-sentyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekish ko‘zda tutilgan. Shunindek, 204,2 ming gektarga noyabr-dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish rejalashtirilgan (fermer xo‘jaliklarida 49,1 ming gektarga hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalariga 155 ming gektarga).
Shundan, turlari bo‘yicha 103,7 ming gektarga piyoz, 47 ming gektarga sarimsoqpiyoz, 38,3 ming gektarga sabzi, 9,7 ming gektarga osh lavlagi, 69,7 ming gektarga ko‘katlar, 10,2 ming gektarga rediska, 26,7 ming gektarga karam va 44 gektarga sedana ekinlari turlarini ekish belgilab olindi.
Ushbu ekilishi belgilangan maydonlardan 4,9 mln tonna sabzavot mahsulotlari, shundan, 2,1 mln tonna piyoz, 458,2 ming tonna sarimsoqpiyoz, 829,3 ming tonna sabzi, 193,7 ming tonna osh lavlagi, 638,6 ming tonna ko‘katlar, 188,3 ming tonna rediska, 462,4 ming tonna karam hamda 109 tonna sedana mahsulotlarini prognoz ko‘rsatkichlari hududlar kesimida ishlab chiqildi.
Respublikada hududlarning tuproq-iqlim sharoiti hamda suv taʼminotidan kelib chiqib, ayrim tumanlar piyoz yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Jumladan, Toshkent viloyatining Ohangaron, Parkent, Bo‘stonliq, Toshkent tumanlari, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov, Zomin tumanlari, Samarqand viloyatining Jomboy, Toyloq, Samarqand tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlari Surxоndaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Denov tumanlarida piyoz ekilmoqda.
Respublikada eksport uchun piyozning asosan “Ravnaq”, “Istiqbol”, “Zafar”, “Oq dur” va xorijiy navlardan “Manas”, “Daytona”, “Leone” va “Banko” navlari ekib kelinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: