Biz organik mahsulotlar ishlab chiqarishga bag‘ishlangan turkum materiallarni boshlaymiz.
Texnik taraqqiyotning tobora rivojlanishi, globallashuv jarayonlari tabiatga tahdid tug‘dirmoqda. Inson faoliyatining oqibatlari yerning tanazzulga uchrashi, cho‘llanish, issiqxona effekti, maishiy va sanoat chiqindilari va hokazolar shular jumlasidandir. Biz ishlab chiqarayotgan va iste’mol qilayotgan mahsulotlar sog‘lig‘imizga xavf soladi, chunki ular tarkibida turli xil kimyoviy elementlar, barcha turdagi gormonlar, antibiotiklar va zararli oziq-ovqat qo‘shimchalari mavjud.
O‘zingizni va yaqinlaringizni bunday mahsulotlarni iste’mol qilishdan qanday himoya qilish mumkin? Buning bir yo‘li bor – organik oziq-ovqatlar. Ular yildan-yilga dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Organik qishloq xo‘jaligi 20-asrning birinchi yarmida paydo bo‘lgan. Bu tuproq salomatligi, ekologiya va insonlarga g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan ishlab chiqarishdir. Organik qishloq xo‘jaligi jarayonida fermer va dehqonlarga yerdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash vazifasi yuklatilgan. Bu inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga mas’uliyatli yondashuvining yangi bosqichidir.
Organik qishloq xo‘jaligi deganda nima tushunilishini to‘g‘ri talqin qilish muhimdir. Bu shunchaki kimyoviy moddalarsiz yetishtirilgan mahsulotlar emas. O‘zingizni organik ishlab chiqaruvchi deb atashingiz uchun organik o‘g‘itlardan foydalanishning o‘zi kifoya qilmaydi.
Vakolatli sertifikatlashtirish organidan olingan sertifikat mavjud bo‘lsa, mahsulotlar organik hisoblanadi. Ushbu mahsulotlar maxsus markirovkaga, yagona “organik” grafik belgisiga ega. Boshqalari organik hisoblanmaydi.
Mamlakatimizda 2022-yil 25-aprelda O‘RQ-766-sonli “Organik mahsulotlar to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, u organik mahsulotlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish, markalash va sotish, shuningdek, muvofiqligini baholash va ruxsat berishni tartibga soladi.
Organik mahsulotlar – bu ularni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va joriy etishning barcha bosqichlarida organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalangan holda yetishtirilgan sertifikatlangan mahsulotlar.
Organik mahsulotlar ishlab chiqarish noorganik mahsulotlar ishlab chiqarishdan alohida amalga oshirilishi kerak.
Organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun quyidagi asosiy talablar belgilanadi:
Organik mahsulotlar ishlab chiqarishda quyidagilar taqiqlanadi:
genetik muhandislik usullaridan, genetik modifikasiyalangan va transgen organizmlardan, shuningdek, genetik modifikasiyalangan va transgen organizmlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan foydalanish.
Organik ishlab chiqarishni boshlayotgan, olib borayotgan yoki shunga o‘tayotgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari organik ishlab chiqarishga o‘tkazilgan ekinlarni yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sertifikatlangan organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun subsidiyalar berishni o‘z ichiga oladi.
Organik mahsulotlarni belgilashda “Organik”, “biologik”, “ekologik”, “natural” (tabiiy) so‘zlari qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Organik mahsulotlar sohasidagi vakolatli davlat organi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisoblanadi. Organik ishlab chiqaruvchilar reyestri uning rasmiy veb-saytida yuritiladi.
Qabul qilingan qonun yuzasidan avvalroq sharh bergan edik.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: