O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hukumat delegatsiyasi tarkibida Vengriyaga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi, shuningdek, agrar ilm, ta’lim va xizmatlar sohalarida O‘zbekiston-Vengriya hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.
Shu tariqa, vazir Voitov Vengriyadagi eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqarish korxonalaridan biri “Master Good Kft.” rahbari Lazlo Baranyi bilan muzokaralar o‘tkazdi va mazkur korxonaning ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurdi.
Kompaniya 1994-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda uning 2000 nafar xodimi bor. “Master Good Kft.” ulushiga mamlakat tovuq go‘shti ishlab chiqarish hajmining deyarli 32% to‘g‘ri keladi, u ham Vengriya, ham Markaziy Yevropada parranda go‘shtining yetakchi distribyutoridir.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda parrandachilik korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishdilar, shu munosabat bilan loyiha tafsilotlarini muhokama qilish uchun joriy yilning noyabr oyida “Master Good Kft.” kompaniyasi rahbariyatining mamlakatimizga tashrifi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 6 nafar o‘zbekistonlik talabaning kompaniya tuzilmalarida kasbiy amaliyot o‘tash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: