Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Germaniya Federativ Respublikasi Federal Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazirlik boshqarma boshlig‘i Shuhrat Amanov, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar AKIS markazi direktori G‘ayrat G‘aniyev va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sanjar Adilovlar nemis delegatsiyasi a’zolari bilan respublika sharoitiga mos o‘simlik navlarini iqlimlashtirish borasida ilmiy hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Uchrashuv chog‘ida dukkakli ekinlardan foydalangan holda almashlab ekish, tuproqqa yumshoq ishlov berish usullarini qo‘llash va chorvachilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar AKIS markazi agrar sohada yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqda. Xususan, Germaniya davlati bilan faol munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan va bu galgi kelishuv ham shunga muvofiq o‘tkazildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: