Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi “So‘x shafran eksport” ishlab chiqarish kooperatsiyasida shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni kunda kooperatsiya xodimlariga Vargan massividan 12 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, za’faron o‘simligi yetishtirish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Mazkur sohani rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari tomonidan 100 000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
So‘x tumaniga tashrif buyurgan qishloq xo‘jaligi sohasi olimlari, viloyat va tuman hokimligi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi vakillari aynan ushbu xo‘jalikda bo‘lib, uning rahbari tadbirkor Rashodjon Odilboyev tomonidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Ta’kidlash joiz, tumanda za’faron o‘simligini yetishtirish va uni eksportga yo‘nalishtirish bo‘yicha ishlar ikki yildan beri olib borilmoqda.
Bundan tashqari, kavrak plantatsiyalari tashkil etilmoqda, na’matak yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, oborotdan chiqib ketgan yerlarda suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda eksportbop mahsulotlar yetishtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish orqali aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: