2022-yil 23-sentyabrdan 24-sentyabrga o‘tar kechasi “FOOD CITY” ulgurji bozori ochilishining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Majmua ertalab soat 03:00 dan boshlab ulgurji xaridorlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, ochilishning birinchi bosqichida chakana savdo yo‘lga qo‘yilgan edi. Ikkinchi bosqichda esa ulgurli savdo o‘z ishini boshlamoqda.
“FOOD CITY” majmuasida xabar qilinganidek, ulgurji sotuvchilar (yetkazib beruvchilar va xaridorlar) uchun quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ladi:
Boshqa imkoniyatlar va xizmatlar haqida (+998) 55–500–00–04 telefon raqami va t.me/foodcityuz telegram-kanali orqali bilib olishingiz mumkin.
Ta’kidlash kerakki, “FOOD CITY”ni barpo etish jarayoni 2018-yilda boshlangan edi. Hozirda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida eski Qo‘yliq dehqon bozorini mana shu savdo maskaniga bosqichma-bosqich ko‘chirish jarayoni ketmoqda. Kelgusida ushbu majmuani yanada kengaytirish va uning bazasida mahsulotlarni qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: