Respublikamizning dengiz sathidan 600-1500 metr balandlikda joylashgan tog‘ va tog‘ oldi hududlari, jumladan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida choy ko‘chatlari ekilib, O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Hozirda sinovdagi choy o‘simligi mamlakatimizda yaxshi o‘smoqda.
Respublikamizda choy yetishtirish bo‘yicha ushbu qadam dastlab Sh.Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifida kunchiqar mamlakat bosh vaziri bilan protokol imzolab, o‘simlikni yetishtirish bo‘yicha kelishuvga erishilganda boshlangandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyundagi 490-sonli “Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsulotlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Ushbu kelishuv va qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari Yaponiya davlatining Mayzuru shahri hamda Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda u yerda yetishtirilayotgan 5 ta: “Sayamakaori”, “Fukimidori”, “Xokimey”, “Fushin”, “Sayamadori” choy navlarini introduksiya yaʼni mamlakatimizga “ko‘chirib keltirishga” kirishishdi. Aynan ushbu choy navlari respublikamiz yerlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu hamkorlikdan maqsad tog‘ va tog‘ oldi hududlarida o‘simlikni ko‘paytirib, keyinchalik choy ekiladigan maydonlarini yaratishdir. Bu orqali esa xalqimizni o‘zimizda yetishtirilgan va ishlab chiqilgan arzon, sifatli choy va choy mahsulotlari bilan taʼminlash ko‘zda tutilgan. Darvoqe, bu hamkorlikdagi rejalar amalga oshsa, hududlarda ko‘pchilik aholi ish bilan taʼminlanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: