2022-yil 19-sentyabr kuni TDAUda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutining 06.01.10 – «Yer tuzish, kadastr va yer monitoring” ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun institut doktorantlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tdi.
Hususan, Jasur Usmonov “Holati yomonlashib qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketgan bo‘z yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslash (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusida o‘z ilmiy ishini himoya qildi.
Ushbu tadqiqotning maqsadi holati yomonlashib qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z yerlarni qishloq xo‘jaligiga qaytarish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. O‘rganish manzili sifatida Qashqadaryo viloyatidagi holati yomonlashib qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan bo‘z yerlari tanlab olingan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 30 yil davomida qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan ekin yerlarini boshqa maqsadlar uchun ajratilishi hisobiga har yili o‘rtacha 5,1 ming gektar maydonlar qisqarganligi va aksincha, ko‘p yillik daraxtzorlar va bo‘z yerlar maydonlari ko‘payganligi aniqlandi.
Yana bir dissertatsiya egasi Ramziddin Sharopov “Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali lalmi yerlarni monitoring qilish ishlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusini ochib berdi. Ilmiy xodim Qashqadaryo viloyati yer fondidagi lalmi yerlar toifasidagi so‘nggi 20 yillik o‘zgarishlar dinamikasini (2000-2020-yy.) o‘rganmoqda. Tadqiqot natijalariga asosan O‘zbekiston Respublikasidagi 773,6 ming gektar lalmi yerlar maydoni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga amalda to‘liq jalb qilinganligi, so‘nggi 20 yilda (2000-2020-yy.) sug‘oriladigan yerlar maydoni kamayishi hisobiga lalmi yerlar maydoni 28 300 gektarga ortganligi aniqlandi. Bu esa qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali va maqsadli foydalanish zarurligini, shuningdek, lalmi yerlar sharoitida ham yer monitoringini yuritish va nazorat tadbirlarini olib borish muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: