Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish, bunda ehtiyojmand fuqarolarga tanlovlarda ustuvorlik berish, ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi 6243-son Farmoniga muvofiq qishloq xo‘jaligi yerlari, jumladan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning shaffoflik va tenglik tamoiyllariga asoslangan yangi mexnizmi joriy etilgan.
2022-yil 17-sentyabr holatiga ko‘ra, “E-IJARA” ahborot tizimida “O‘zdavyerloyiha” instituti tomonidan respublika bo‘yicha 91 ming gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaligi yonalishi uchun 402 ming ta lotlar asosida loyihalashtirildi va “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ochiq onlayn tanlovga chiqarilib, shundan 73 379 gektar yer maydonlarida 344 323 nafar g‘olib aniqlandi. Shu jumladan, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 86 ming nafar g‘olibga 20 ming gektar yer uchastkalari ajratilib, ular tomonidan ushu maydonlarda qishloq xo‘ligi mahsulotlarini yetishtirish, o‘z daromadlarini oshirish, hamda ijtimoiy holatini yaxshilash maqsadida dehqonchilik faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, davlat rahbarining 2022-yil 10-sentyabrda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-son qaroriga muvofiq dehqon xo‘jaligini yuritish bo‘yicha manfaatdorlik yanada oshirildi. Jumladan, 2022-2023-yillarda ochiq elektron tanlovlar orqali ajratiladigan yer uchastkalarining umumiy maydoni 133,4 ming gektardan 200 ming gektargacha oshiriladi. Qolaversa, yer uchastkalari suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan hududlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha, kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda ijaraga berilishi ham dehqonlar uchun yaxshi yangilik bo‘ldi.
Bundan tashqari, ekin maydonlarini fuqarolarga ijara berish muddati 10 yildan 30 yilga uzaytirildi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun yana bir yengillik – ochiq elektron tanlovda bir nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazilgan hisoblanadi. Shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar g‘olib bo‘lishida daftardan chiqarilmasligi hamda berilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yil muddatga saqlanib qolishi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasi (https://e-auksion.uz/) orqali dehqon xo‘jaligi uchun ochiq elektron tanlovlarga chiqarish ishlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-IJARA” avtomatlashtirilgan axborot tizimi 2021-yil 23-dekabrdan ishga tushirilgan. Mazkur tizim tegishli vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan bo‘lib, lotlarni ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish maqsadida “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish, shuningdek go‘liblarning huquq va hujjatlarini tegishli idoralarda rasmiylashlashtirishga ko‘maklashish uchun foydalanilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: