O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (ITI) va Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifat va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, institut bilan ilmiy markaz o‘rtasida o‘zaro hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tajribalar almashish hamda shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish, amaliy, innovatsion, startap va tijoratlashtirish loyihalari bo‘yicha hamkorlikdagi tanlovlarda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ITI hamkori — Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifat va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi taqdim etgan loyihalar taqdimotini ko‘rib chiqadi. Jumladan, institut huzuridagi doktoranturada tahsil olayotgan yosh olimlar uchun markazning ilmiy-texnik bazasidan foydalanishga sharoit yaratib berish ham ushbu hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: