O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vitse-Prezidenti Nakazava Keyichiro boshchiligidagi rasmiy delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov va soha xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq ovqat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari va JICA tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taʼkidlab o‘tildi. O‘zbekistonning hozirgi kundagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalardagi rejalari hamda hamkor davlat va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari, sohaga oid statistik maʼlumotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbirda janob Nakazava Keyichiro davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar ikki tomon hamkorlik ko‘lamini oshirishga zamin yaratayotganligini eʼtirof etdi.
Shuningdek, mamlakatimizda AKIS va ISCAD markazlarining faoliyati va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi to‘g‘risida maʼlumotlar ham taqdim etildi.
Tadbir yakunida Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya va chorvachilik va yer islohotlari yuzasidan hamkorlikni olib borish ikki tomon uchun foydali bo‘lishi taʼkidlandi va bu yo‘nalishlarda o‘zaro kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: