O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialida “Xorijiy va yangi mahalliy sholi navlari sinov tajribalari bilan tanishish” bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Seminarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti, qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududiy bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida urug‘chilik yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan sholichilik klasterlari va yirik sholichilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, sholichilikka ixtisoslashgan elita urug‘chilik xo‘jaliklari xodimlaridan iborat 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Tadbirga taklif etilgan Vyetnam qishloq xo‘jaligi akademiyasi seleksioner mutaxassislari Nha Pam Van va Nguyen Phu Panh O‘zbekiston va Vyetnam davlatlari o‘rtasida sholichilikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida gapirib berishdi. Shuningdek, seminar doirasida Sholichilik ITI tajriba maydonlarida ekilgan 66 xil xorijiy sholi navlarining rivojlanish bosqichlari ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirildi.
O‘quv-amaliy seminari O‘zR Prezidentining “Sholi yetishtirishni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-fevraldagi PQ–4973-son qaroriga asosan Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitlarini o‘rganib, xorijdan sholining yuqori hosilli navlari urug‘larini olib kelish hamda ularni mahalliy sharoitda ko‘paytirish bo‘yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga doir topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: