O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, Toshkent davlat agrar universiteti va Jizzax viloyatidagi G‘allaorol texnikumi rahbariyatidan iborat delegatsiyaning AQShdagi safarini yoritishda davom etamiz.
Kaliforniya shtatidagi Koalinga shahrida joylashgan “West Hills College” texnikumiga bo‘lgan tashrifda delegatsiya aʼzolari ushbu taʼlim muassasasiga tegishli va hamkor bo‘lgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishishdi. Xususan, intensiv pomidor dalasi, kungaboqar bog‘i va ulardagi sug‘orish tizimlarini o‘rganishdi. Texnikum tasarrufidagi 20 gektarli maydonda turli xil o‘quv laboratoriyalari tashkil etilgan bo‘lib, tashrif davomida muassasa jamoasi bilan iliq suhbat qurildi.
Shuningdek, texnikumga tegishli dronlar, traktorlar, yuk tashuvchi mashinalarni boshqarish, payvandlashni va zamonaviy sug‘orish tizimlarini o‘rgatish uslublari ham delegatsiya aʼzolari eʼtiboridan chetda qolmadi.
Tashrif delegatsiyaning “John Deer” traktorlariga xizmat ko‘rsatish markaziga borishi bilan davom etdi. U yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ustaxonalar, diagnostika xonalari va qishloq xo‘jaligidagi texnika turlari hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar mehmonlarda yaxshi taassurotlar qoldirdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: