“Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (2021-yil 28-iyul, PQ-5200-son).
Mamlakatimizda uzumchilikni yanada rivojlantirish, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tizimini yo‘lga qo‘yish, alkogol bozorini tartibga solishning samarali mexanizmlarini keng joriy etgan holda respublikani sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek, vinochilik turizmini (enoturizm) rivojlantirish maqsadida:
– uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish uchun qulay hududlarda eng maqbul maydonlarni belgilash;
– xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyatlaridan kelib chiqib, uzum yetishtirishni milliy madaniyat sifatida rivojlantirish;
– uzumchilikni yirik maydonlarda, klaster ва kooperatsiya usulida yetishtirish orqali sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, uzumni saqlash, saralash ва qayta ishlashni rag‘batlantirish;
– mahalliy uzum navlarining milliy brendlarini yaratish ва yangi bozorlarga chiqish orqali eksportni kengaytirish;
– ilmiy asoslangan holda uzum yetishtirish, uning yangi hosildor, danaksiz navlarini yaratish maqsadida uzumchilik ilmiy maktabini rivojlantirish hamda ilm-fan ва ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini yo‘lga qo‘yish.
– 2021-yil 1-avgustdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari (sug‘oriladigan ва sug‘orilmaydigan (lalmi) yerlar) tokzorlar barpo etish ва uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi;
– yer uchastkalari ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, 30 yil muddatga ijaraga beriladi;
– ochiq tanlov asosida ijaraga olingan yer uchastkalaridan faqat tokzorlar barpo etish ва uzumchilikni rivojlantirish maqsadida foydalaniladi, ushbu shartning bajarilmasligi ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish uchun asos bo‘ladi;
– tashabbuskorlarga ajratilgan maydonda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tavsiyalari asosida sertifikatlangan tok ko‘chatlarini ekish ва suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hamda o‘simliklarni himoya qilish borasidagi vakolatli organ tavsiyalari asosida ishni ташкил etish majburiyati yuklanadi;
– ochiq tanlovga yer uchastkalari dehqon xo‘jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun — 0,06 — 1 gektar o‘lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 — 30 gektar o‘lchamlarda chiqariladi.
5. 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi ва viloyatlarda ikki nafardan o‘n nafargacha xodimlardan iborat, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari ташкил etilsin.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: