2022-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirning Iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Shukurov, mas’ul xodimlar hamda Qatarning Munitsipalitet va atrof–muhit vazirligi Oziq–ovqat xavfsizligi departamenti direktori doktor Masud Jarallah al–Marriy boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish imkoniyatlari, shu jumladan, logistika marshrutlari, savdo ofislarini ochish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Qatar Munitsipalitet va atrof-muhit vazirligi vakili O‘zbekistondan yangi va quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Mehmonlarga respublikamizda agrosanoat majmuini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ma’lumot taqdim etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: