2022-yil 17-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda “Agrosanoat majmuasi uchun xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda talabalarga o‘quv sertifikatlari topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining yoshlar bilan ishlash va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jamshid Jalilov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, universitetning professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda chet ellik mehmonlar ishtirok etishdi.
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida talabalar agronomiya, agroiqtisodiyot, agrologiya, biotexnologiya, aqlli qishloq xo‘jaligi, chorvachilik sohalarida o‘ziga xos o‘quv dasturlarida o‘qitiladi.
Darslar ingliz tilida olib boriladi va universitetni tugatgan talabalarga Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti diplomi beriladi. Shunindek, talabalar chet elning yetakchi markazlarida, shu jumladan, Yevropaning Agro-oziq-ovqat korxonalari institutlari va kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar.
«Universitetimiz talabalari nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarga ham ega bo‘ladilar. Bizning o‘qituvchilarimiz, ilmiy xodimlarimiz talabalar bilan birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylarda (fermer xo‘jaliklari, dala maydonlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari) treninglar o‘tkazadilar. Ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonlari ilmiy asoslangan va amaliy yo‘naltirilganligi bilan boshqa universitetlardan ajralib turadi», — deya ta‘kidladi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining Yoshlar bilan ishlash va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jamshid Jalilov.
Bugun sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 62 nafar talabaga o‘qish sertifikatlari topshirildi. Avvalroq, 50 nafar talabaga sertifikatlar berilgandi.
Ma‘lumot o‘rnida, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga 2022-2023-o‘quv yilida davlat kvotalari soni 200 o‘rinni tashkil etadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: