O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi masʼul xodimlari hamda Germaniyaning AFC Agriculture and Finance Consultants GmbH kompaniyasi mutaxassisi Andrey Lozan boshchiligidagi maslahatchilardan iborat ishchi guruhi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordi. Xorijiy ekspertlarning maqsadi respublikamizda organik meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini baholash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni oldini olishda maslahat berishdan iborat.
Ishchi guruhi vakillari tumandagi “Bardosh Exclusive” MCHJ korxonasiga tegishli 10 gektar maydondagi qulupnay va malina o‘simliklarini o‘stirish jarayoni bilan tanishishdi. Shuningdek, “Escalada Biznes Invest” MCHJ korxonasining 27 gektar maydonidagi nok va olma bog‘larida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar o‘rganildi. Xalqaro ekspert Andrey Lozan respublikada organik mahsulotlar sohasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berib, bugungi kunda Yevropa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararsizlantirish va oziqlantirish, biologik usulda himoya qilish, shuningdek, xalqaro standart talablari asosida oziqlantirish yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish hamda maʼlumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi yaqinda Germaniyaning Nyurnberg shahrida o‘tkazilgan “BIOFACH 2022” organik mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etib qaytdi.Ushbu ko‘rgazmada rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari bilan ko‘plab kelishuvlarga erishilgandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: