Avgust – yoshlar yaqin orada o‘qish boshlanishini intiqlik bilan kutadigan va unga tayyorgarlik ko‘radigan palla. Qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasida ayni damla nimalar sodir bo‘lmoqda? Qaysi oliygohlarda ushbu yo‘nalishda tahsil olish mumkin? Taʼlim olayotgan talabalar soni qancha? Agrar sohada o‘qituvchilar tarkibining rivojlanish darajasi qanday? Bu haqda bizning materialimizda o‘qing.
Universitetlar, yo‘nalishlar, o‘qituvchilar tarkibi
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim darajasi yildan-yilga o‘sib bormoqda va bunga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlari yordam bermoqda, jumladan:
– Toshkent davlat agrar universiteti, shuningdek, uning Samarqand shahridagi filiali (universitet IMPACT RANKINGS the Times Higher Education xalqaro reytingida dunyoning 1000 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritilgan);
– Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
– Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
– Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
Jami 22 ta fakultet va 84 ta kafedra mavjud. Shuningdek, ular tarkibida 3 ta akademik litsey, 18 ta qishloq xo‘jaligi texnologiyalari kolleji, 3 ta mashg‘ulotlar lageri va 6 ta markaz bor;
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari soni 38 ta, magistratura yo‘nalishlari – 39 ta.
Talabalarning umumiy soni 23 443 nafar (2020-o‘quv yilida 19 660 nafar, o‘sish 116,7 foiz), magistratura yo‘nalishida – 1586 dan ortiq (2020-o‘quv yilida – 1055). Qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida – 464 nafar talaba tahsil olmoqda, chet ellik talabalar soni 24 nafar.
Ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ham ko‘paymoqda. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar soni 1208 nafar (masalan, 2020-o‘quv yilida 1166 nafar edi), xususan, 119 nafari fan doktori, professor, 508 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Oliy o‘quv yurtlarida jami 241 nafar doktorant barcha mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi, ulardan 14 nafari doktorant va 261 nafari mustaqil tadqiqotchilardir.
Qishloq xo‘jaligi ta’limining yangi yo‘nalishlari
Universitetlarda qishloq xo‘jaligi ta’limini rivojlantirishda xorijiy tajribani o‘rganish bo‘yicha doimiy ish olib borilmoqda, ular asosida bakalavriatning quyidagi oltita yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi: Agroturizm, qishloq xo‘jaligida kooperativ boshqaruv, Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar, Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish, Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, Qishloq xo‘jaligi huquqi, Uzumchilik va vinochilik.
Shuningdek, magistratura darajasini olish uchun 11 ta yo‘nalish bo‘yicha tizim yaratildi, jumladan: Agrobiznes va investitsion faoliyat, Agrosanoatda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil, Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi, O‘simliklar himoyasida monitoring va prognozlash, Subtropik va sitrus ekinlari, Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, Bog‘dorchilik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, Klasterni boshqarish, Agrologistika.
Ta’kidlash joizki, 2021-o‘quv yilida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 11,1 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, qishloq xo‘jaligining dolzarb masalalari bo‘yicha jami 25 ta, jumladan, 1 ta fundamental, 20 ta amaliy va 3 ta innovatsion, shuningdek, 5 ta startap loyiha amalga oshirildi.
Xalqaro hamkorlik
Xorijiy universitetlar bilan hamkorlik oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunga qadar hamkorlik shartnomalari asosida AQSH, Rossiya, Polsha, Litva va Belarusning jami yettita oliy o‘quv yurtlari bilan bakalavriatning 6 ta yo‘nalishi va magistraturaning ikkita yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirilmoqda, ularda hozirda 464 nafar talaba tahsil olmoqda.
2021-o‘quv yilida universitetlar tomonidan 23 mln dollarlik xorijiy grant loyihalari amalga oshirildi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining “Agronomiya” yo‘nalishida Yevropa Ittifoqining 3 ta loyihasi asosida 2020-2023-yillarda 10 nafar afg‘onistonlik qizlar universitetda tahsil olmoqda. Bundan tashqari, Xitoyning “Shuntong” va “ATB Ipoteka” hamkorligida 300 ming dollarlik baliq yetishtirish bo‘yicha zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan Baliqchilik ilmiy markazi tashkil etildi.
Keyingi rivojlanish bo‘yicha rejalar
Xabaringiz bor, yaqin kunlarda O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘z eshiklarini ochadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2022/2023-o‘quv yilida ushbu oliygohda o‘qish uchun 1-kurs talabalariga 150 ta, 2-kurs talabalari uchun 50 ta grant ajratilgan. O‘qishning birinchi yilida universitetga 7 yo‘nalish bo‘yicha 200 nafar talaba qabul qilinadi. O‘quv jarayonini tashkil etish uchun 8 nafar xorijiy professorlar taklif qilingan.
Qishloq xo‘jaligi ta’limining salohiyati katta, zamonaviy usullarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, ammo asosiy ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z yo‘lini davom ettirishni tanlagan talabalar sonining ortayotganidir.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: