3-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetida bo‘ldi. Tashrif mobaynida vazir maslahatchisi universitetga ajratilgan binolarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, abituriyentlarning hujjat va suhbat topshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, oliygoh faoliyatiga oid istiqboldagi rejalar bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi.
Qabul jarayonlari. Hozirda Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetiga 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda. 7 ta ta’lim yo‘nalishni birlashtirgan ushbu dargohga 200 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Universitetga 8 nafar xorijiy professorlar va chet davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh vatandoshlarimizdan 12 nafari ishga qabul qilindi.
Malaka oshirish. Oliygohda ish boshlagan mutaxassislar ushbu oyda muassis— Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universitetiga 16-haftalik malaka oshirishga yuboriladi. Universitetning boshqaruv bo‘limlariga ishga qabul qilingan 15 nafar yosh mutaxassislar ham ushbu davlatdagi hamkasblari bilan tajriba almashib qaytishadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: