O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, paxta xomashyosining minimal narxlarini e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.
Jahon bozorida shakllangan narxlar, mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 10 025 ming so‘mni, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 15 120 ming so‘mni tashkil etgani e’lon qilinadi.
Ushbu tavsiya etilayotgan minimal narhdan kelib chiqqan holda paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida paxta homashyosining narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilashadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: