O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktyabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4499-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligida suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini yana-da kengaytirish va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari hosildorligi darajasini yaxshilash belgilangan.
Shunga ko‘ra, 2020-yilda 3 194 gektar yer maydonlarida 9 ta qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etganligi uchun 11 ta holatda jami 5 588,2 mln so‘m subsidiya mablag‘lari byudjet hisobidan to‘lab berildi.
Shundan, Andijon viloyatiga 280 mln so‘m, Jizzax viloyatiga 2 748.8 mln so‘m, Toshkent viloyatiga 1 914 mln so‘m va Surxondaryo viloyatiga 645.4 mln so‘m subsidiyalar ajratilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: