G‘o‘za parvarishida tungi agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishning o‘ziga xos o‘rni mavjud. Sababi ushbu tadbirlar kunning issiq vaqtlarida amalga oshirilsa, jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Tunggi agrotexnik ishlarda quyidagi chora-tadbirlarga alohida eʼtibor berish zarur:
Aks holda tuproq yuzasi yorilib, o‘simlik ildizlari zararlanadi, vilt kasalligiga chalinish ehtimoli oshadi, o‘sishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, hosil elementlari to‘kilib ketadi.
Ushbu pallada mexanizatorlarga dalada barcha sharoitlarni yaratish, ularni kechki soatlarda va kunning issiq vaqtida dam olishlarini tashkil etish lozim.
Shuningdek, g‘o‘za maydonlarini tungi sug‘orish ham alohida ahamiyat kasb etadi. G‘o‘za maydonlari tunda sug‘orilganda nam tez va tekis ko‘tariladi, o‘simlik qonib suv ichadi va eng asosiysi, hosil elementlari to‘kilmaydi. Bunda mahalliy o‘g‘itlar yordamida sharbat usulida sug‘orish yaxshi foyda beradi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: