Fermer xo‘jaliklari va klasterlarning ishini yengillashtirish uchun Andijon viloyatidagi “Sabo Hamkor” korxonasi zamonaviy “NetHouse” majmuasidan foydalanmoqda.
“Netxaus” — hasharotlardan himoya qiluvchi va tabiiy shamollatishni ta’minlaydigan maxsus to‘r bilan qoplangan kompleks. Ushbu tizim issiq mavsumda meva, sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish uchun qulaydir.
Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan korxona 2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bu mamlakatda “netxaus” komplekslarini ishlab chiqarishni boshlagan birinchi korxona hisoblanadi. 10.000 m² ishlab chiqarish bazasida, fermer va tadbirkorlar uchun asosan korxona komplekslari, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari sohasida o‘zining innovatsion yechimlarini taqdim etib kelmoqda.
“NetHouse”ning boshqa issiqxonalardan farqi shundaki, u isitish tizimiga ega emas. Bu yerda faqat bahor-kuz mavsumida mahsulot yetishtiriladi. Yaxshi changlatish uchun kompleksda tabiiy shamollatish tizimi amalga oshiriladi. Ushbu tizim tufayli hosil quyoshning zararli nurlari, kuchli yomg‘ir va do‘l, zararkunandalardan himoyalanadi. Bu yerda ekologik toza va eksportbop mahsulotni yetishtirish mumkin.
Kompaniya mutaxassislari mijozlarga keyinchalik ham texnik yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, mijozlar Italiya va Ispaniyadan agronom mutaxassislarning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Kompleksda ko‘p turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish mumkin. Xususan, bulg‘or qalampiri, baqlajon, bodring, sholg‘om, malina, qorag‘at, piyoz, sabzi, lavlagi, karam, rediska, gulkaram, shaftoli, naʼmatak, pomidor, qovoq, ko‘katlar, sarimsoqpiyoz, yerqalampir, golubika va boshqalarni yetishtirish va yuqori hosil olish imkoniyati mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: