Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda YEI ASK dasturi Toshkent va Fargʻona viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar (fermerlar, dehqonlar, chorvadorlar, agro-tadbirkorlar)ni agromaslahat treninglarida ishtirok etishga taklif qiladi.
Agro-treninglardan maqsad: Belgilangan viloyatlardagi kichik/o‘rta fermer va dehqon xoʻjaliklari, tomorqalar hamda agrosanoat korxonalarida maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotini yoʻlga qoʻyish, mehnat unumdorligini va daromadlarni oshirish imkoniyatlarini taqdim etish.
Agro-treninglarda ishtirok etish shartlari: Keng koʻlamli agrotexnik seminarlarda qatnashishni istovchilar @agrotrening_bot telegram boti orqali ariza topshirishlari mumkin.
Ishtirokchilar 5 ta lotda taqdim etilgan maslahat xizmatlaridan oʻzlariga mosini tanlashi kerak. Har bir lot bir necha oy davomida boʻlib oʻtadigan 12 ta treningni oʻz ichiga oladi.
Lot 1. Dehqonchilik
Umumiy mavzu: Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishdan to isteʼmoliga qadar boʻlgan jarayonlarda maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotini qoʻllash.
Indikativ mavzular: Suvni tejash texnologiyasi – tomchilatib sugʻorish tizimi, Tuproqni shoʻrlanishdan himoya qilish, Oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan xavfsiz va samarali foydalanish, Yuqori qiymatli ekinlar
Lot 2. Chorvachilik
Umumiy mavzu: Qishloq xoʻjaligida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishdan to isteʼmoliga qadar boʻlgan jarayonlarda maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotini qoʻllash.
Indikativ mavzular: Yirik qoramollarni saqlash va podalarni boshqarish tamoyillari, Ozuqani boshqarish, Hayvonlar salomatligi, Chorvachilikda maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti.
Lot 3. Aralash qishloq xoʻjaligi tizimi
Umumiy mavzu: Maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyotlarini hududlardagi asosiy aralash fermerchilik tizimlariga moslash, Qoʻshilgan qiymat zanjiri va uy sharoitida qayta ishlash vositalarini tadqiq yetish.
Indikativ mavzular: Hayvonlar kasalliklarining oldini olish va davolash, Yuqori qiymatli ekinlar, Oʻsimliklarni himoya qilish vositalaridan xavfsiz va samarali foydalanish, Hayvonlarni samarali boqish va parvarish qilish, Parrandalarni yetishtirish va sogʻlomlashtirish, Moliyaviy savodxonlik asoslari, Kredit olish, Savdo boʻyicha asosiy bilimlar (nima, qachon va qayerda oʻstirish: mahalliy bozor talabini oʻrganish)
Lot 4. Agrobiznesni rejalashtirish va moliyaviy taʼlim
Umumiy mavzu:
Indikativ mavzular: Fermerlar va ishlab chiqaruvchilar uchun agrobiznes boʻyicha oʻquv treningi (buxgalteriya hisobi asoslari, xarajatlar va daromadlar, biznes reja, zararlarni minimallashtirish), kichik fermerlar va dehqonlar uchun maqbul moliyaviy amaliyotlarni oʻrgatish treningi (moliyaviy savodxonlik, kredit olish, jamgʻarma, moliyaviy hisobni yuritish).
Lot 5. Yuzma-yuz konsultatsiyalar
Umumiy mavzu: jismoniy shaxslarga, kichik fermer xoʻjaliklari yoki biznes guruhlariga (ishtirokchilarning maksimal miqdori 5 nafar) rivojlantirish loyihalari boʻyicha aniq maslahatlar
Indikativ mavzular: aylanma mablagʻlar, asosiy aktivlar, qiymat zanjirini moliyalashtirish, marketing
1-4-lot guruh mashgʻulotlari tarzda yetkazib beriladi. 5-lot 5 nafar ishtirokchi bilan oʻtkaziladi. Taʼlim samaradorligini taʼminlash maqsadida guruh treninglari 15 nafar ishtirokchi bilan cheklanadi.
Toʻlov: Treninglar mutlaqo bepul.
Oʻqish muddati: bir necha oy (iyun-dekabr)
Potensial ishtirokchilar: Kichik va oʻrta fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa egalari, agrosanoat korxonalari vakillari
Arizani quyidagi telegram bot orqali topshirishingiz mumkin: @agrotrening_bot
Arizalarni topshirish muddati: 11-avgust, 2022-y.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +99899 043 7095
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: