OʻzR Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yevropa Ittifoqining ASK dasturi oʻzaro hamkorlikda davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari (oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, konsalting firmalar, NNT va b.), shuningdek, mustaqil ekspertlar (yoki ekspertlar guruhi) uchun tender eʼlon qiladi.
Tender ishtirokchilari Toshkent va Fargʻona viloyatlaridagi kichik fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari va agrofirmalarga maslahat va guruh treninglari uchun dastur takliflarini yuborishi kerak.
Tenderda quyidagi lotlarning biri yoki bir nechtasi boʻyicha ishtirok etish mumkin:
1-lot: Dehqonchilik boʻyicha guruh seminari
2-lot: Chorvachilik boʻyicha guruh seminari
3-lot: Aralash dehqonchilik tizimi boʻyicha guruh seminari
4-lot: Biznesni rejalashtirish va moliyalashtirish boʻyicha guruh seminari
5-lot: Loyihalash boʻyicha yuzma-yuz konsalting
Maslahat va oʻquv-amaliy seminarlari boʻyicha takliflar Fargʻona va/yoki Toshkent viloyatlarining bir yoki bir nechta tumaniga moʻljallanishi maqsadga muvofiq.
Tenderda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
№ | Tashkilotlar (konsorsiumlar) uchun | Mustaqil ekspertlar (ekspertlar guruhi) uchun |
1. | Roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma/Memorandum yoki hamkorlik shartnomasi/xizmatlar koʻlami | |
2. | Rahbar(lar) to’g’risida ma’lumotnoma (rezyume) | Ekspert toʻgʻrisida maʼlumotnoma (rezyume) |
3. | Tashkilotning sohadagi tajribasi haqida qisqacha maʼlumot (sertifikatlar, faoliyat hisobotlari/moliyaviy hisobotlar/tavsiyanomalar). | Ekspertning sohadagi tajribasi haqida qisqacha maʼlumot (1 bet) |
4. | Oʻquv-seminarlari rejasi/Monitoring va baholash tizimi | Oʻquv-seminarlari rejasi/Monitoring va baholash tizimi |
5. | Xizmat xarajatlari boʻyicha tijorat taklifi | Xizmat xarajatlari boʻyicha tijorat taklifi |
Tender yuzasidan batafsil maʼlumot, lotlar va tavsiya qilingan mavzular quyidagi ilovalarda keltirilgan.
👉Tashkilotlar uchun ariza shaklini to‘ldirish ilovasi.
👉Mustaqil ekspertlar uchun ariza shaklini to‘ldirish ilovasi.
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 11-avgust, 2022-yil.
Tender arizalari talab qilinadigan hujjatlar olinganidan keyin 1 hafta ichida koʻrib chiqiladi. Dastlabki bosqichdan oʻtgan malakali maslahatchilar/muassasalar ariza topshirilgandan keyin 10 kun ichida elektron pochta orqali xabardor qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: Agrotrening@agro.uz
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: