ISCAD MARKAZI GURUHI TOSHKENT VILOYATIDAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) monitoring va tahlil guruhining bu galgi tashrifi Toshkent viloyatida kechdi.
Guruh vakillari viloyatda o‘tgan yillarda xalqaro moliya institutlari ajratgan mablag‘larning qaysi loyihalarga sarflangani va ayni kunlardagi holat bilan tanishish hamda baholashga chog‘lanishdi. Dastlabki o‘rganish manzili Piskent tumanidagi “Ko‘l ota” MFYda joylashgan “Piskent mega group” MCHJ zamonaviy issiqxona bo‘ldi. 51750 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 17 gektarlik Koreya texnologiyalariga asoslangan ushbu issiqxonada pomidor, bodring, baqlajon va bulg‘or qalampiri yetishtiriladi. Eʼtiborlisi, issiqxonada 110 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan. 1 gektarga sarf qilingan 18-20 dollar mablag‘ 45-50 ming dollar sof foyda bo‘lib qaytdi. Hozirda mahsulotlar Rossiya va Qozog‘iston mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Sifatli va mo‘l hosil yetishtirishda hech qanday muammo mavjud emas. Ammo korxonada yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash uchun muzlatkichli omborxona yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
ISCAD markazi vakillari Bekobod tumanidagi “Holis Baraka agro food” MCHJ faoliyatini ham o‘rganishdi. Umumiy qiymati 1066.0 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan 1 gektarlik zamonaviy issiqxona qurib ishga tushirilgan. Karam yetishtirishda ilg‘or bo‘lgan korxona 2021-yilda 230.0 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotni eksport qildi. Hozirda bu yerda ochiq daladagi plyonka ostida pomidor, qovun, baqlajon va karam ko‘chatlari yetishtirilmoqda.
Markazning o‘rganishlari natijasida xalqaro moliya institutlari ajratgan mablag‘lar o‘z o‘rnida sarflangani aniqlandi. Bu loyihalarning ko‘lamini yanada kengaytirish borasida mahsulotlarni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish lozimligi taʼkidlandi. Buning uchun esa, hududdagi fermer va tadbirkorlarning yangi loyilarini qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak berish kifoya.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: