LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHDA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI MABLAG‘LARINING O‘RNI
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) vakillari Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari (XMI) evaziga amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘rganib, ularning yutuq hamda kamchiliklarini baholashda davom etmoqda.
Toshkent viloyatida amalga oshirilgan safar doirasida Qibray tumanida “Xalqaro Moliya institutlari mablag‘larining loyihalarni amalga oshirishda ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Bunda 2016-2022 yillarda bog‘dorchilik borasida olib borilgan ishlar haqida so‘z borib, sohada bugungi kunda tadbirkorlarga berilayotgan kam foizli kreditlar, grand va subsidiyalar to‘g‘risida o‘z biznes-loyihasiga ega bo‘lgan tashabbuskorlarga tushunchalar berib o‘tildi.
Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari asosida yo‘lga qo‘yilgan loyiha – tomchilatib sug‘orish asosiga qurilgan “Eco Agro Chromos” MCHJga tegishli bog‘ tashabbuskorlarga namuna sifatida ko‘rsatilib, doim agrotexnika xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan qishloq xo‘jaligi ishlari istiqbolli bo‘lishi taʼkidlab o‘tildi. XMI mablag‘laridan foydalanib, adirlikda barpo etilgan bog‘da shaftoli, gilos, nok ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Tomchilatib sug‘orish uskunalari, o‘g‘it berish tizimi, barcha jarayon zamonaviy va ilmiy asoslangan tajribalarga ko‘ra olib boriladi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutassaddilar javob berib, kelgusida o‘z loyihasini amalga oshiruvchilar bo‘lsa hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: