Bugungi kunda suv taqchilligini oldini olish hamda tejovchi texnologiyalarni aholi tomorqa xo‘jaliklarida joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi xonadonlarda oson yig‘iladigan tomchilatib sug‘orish uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular aholi daromadini yanada oshirish yo‘lida ko‘makchi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Alisher To‘rayev boshchiligidagi jamoa ushbu tumanda bo‘lib, yangi innovatsion, suv tejovchi texnologiyalarni o‘z tomorqasida qo‘llayotgan xonadonlarni o‘rganib chiqishdi. Shuningdek, Jizzax viloyati AKIS agroxizmatlar markazi mutaxassislari, fermer va tadbirkorlar ishtirokida tomchilatib sug‘orish uskunasini qo‘llash orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Xonadon egalariga tomorqadan yuqori hosildorlikka erishish borasida tavsiyalar berib o‘tildi.
Seminarda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Paxtakor tumanida oltita namunali uyning aholi xonadonlariga oson yig‘iladigan “LEGO DRIP” tomchilatib sug‘orish uskunasi o‘rnatilgan. Bundan tashqari, viloyatning G‘allaorol tumanidagi “Xonimqo‘rg‘on” mahallasida 8 sotix yer maydoniga ushbu tomchilatib sug‘orish uskunasi joylashtirilib, 2 sotixdan to‘rtta kam taʼminlangan oilalarga sabzavot va boshka ekinlar ekish uchun ajratib berildi.
Uchrashuvlar doirasida aholi tomorqalaridagi tuproqlar onlayn real vaqtda 19 xil parametrlar bo‘yicha sifatni aniqlab beradigan Tuproq analizatori yordamida o‘lchanib, qanday ekin ekish kerakligi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: