Bugungi kunda respublika g‘alla dalalarida o‘rim-yig‘im ishlari jadal olib borilmoqda. G‘alladan bo‘shagan maydonlar takroriy ekin ekish uchun aholiga ajratib berilib, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan otaliqqa olingan xonadonlarga bug‘doy va somon (pressi) tarqatilmoqda.
Ushbu jarayonlarning hisobotini avtomatlashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi mutaxassislari tomonidan maxsus monitoring.agro.uz axborot tizimi ishlab chiqildi.
Ushbu tizimda kunlik hisobotlar onlayn tarzda tuman darajasida to‘ldirilib, so‘ng respublika bo‘yicha avtomatik tarzda jamlanib boradi. Natijada hisobotlarni yuritishning shaffof mexanizmi yaratildi. Taʼkidlash joiz, tizim orqali g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarining qaysi fuqarolarga ajratilayotganini nomma-nom ko‘rish imkoniyati mavjud.
Hozirgi vaqtda tizimda soha xodimlaridan 150 dan ortiq foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ular interaktiv rejimda hisobotlarni kiritib bormoqdalar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: