Qoraqalpog‘iston respublikasi Elikqalʼa tumanidagi Guldursun fermer xo‘jaligida g‘alla hosilidan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin ekish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutaxassislari va agrar soha vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida ushbu fermer xo‘jaligiga Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tomonidan sabzi va mosh urug‘lari olib kelindi. Hindistondan eksport qilingan sabzi va o‘zimizda yetishtirilgan mosh urug‘lari uchun 2 gektar yer maydoni ajratildi.
Shuni aytish mumkinki, 2022-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy tumanlarida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan va yangidan o‘zlashtiriladigan yer maydonlarini ijaraga berish uchun ochiq elektron tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Ushbu maydonlarni qayta foydalanishga kiritish uchun 92 495 gektar yer maydonining 24 ming gektarini o‘zlashtirish rejalashtirildi. 475 nafar tadbirkor bu ishga jalb etilib, ular tomonidan 40 ta texnikani ishga tushirish orqali 2,2 ming gektar yerlar ochildi. Shuning barobarida 218 km ariq va 40 km zovurlar tozalandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: