Bugun xalqning murojaatlarini hal etish, og‘irini yengil qilish barcha soha masʼullarining oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalardan etib belgilangan. Jumladan, odamlarning ichiga kirib, yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini tinglash va joyida hal etish yaʼni mutasaddilar ishtirokida sayyor qabullar tashkil etish lozimligi davlat rahbarining topshirig‘i hamdir.
O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari ishtirokida Surxondaryoning Angor tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda 30 ga yaqin vazirlik va idoralarning markaziy apparat hamda hududiy bo‘linma rahbariyat va xodimlari qatnashishdi. Viloyatning Angor, Muzrobod, Qiziriq, Sherobod tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolarini bayon etishdi va kerakli javoblar olindi.
Shuningdek, uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligidan tashrif buyurgan vakillar fermer va dehqonlarga yordam berish maqsadida g‘alla ekinidan bo‘shagan yer maydonlarini takroriy ekin uchun ajratish, subsidiya berish kabi masalalarda o‘z maslahat va amaliy yordamlarini berishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: