Fermerlar maktabining 6-mavsum o‘quv mashg‘ulotlarida chorvachilik, sabzavotchilik va polizchilik, parrandachilik, issiqxona xo‘jaligi, uzumchilik yo‘nalishlari bo‘yicha bepul o‘qitiladi.
Fermerlar maktabi – bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda eng zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoshlarga o‘rgatish, bilimli va malakali yosh fermerlarni tayyorlash va qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish sirlarini ochib beradigan O‘zbekistondagi ilk loyiha. Fermerlar maktabi 5 ta hududda ya‘ni Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz, Nukus shahridagi qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlari bazasida tashkil etilgan.
Ushbu maktabda olib borilayotgan darslar mazmunli va samaradorligi bilan ko‘pchilikning qiziqishiga sazovor bo‘lmoqda. Shu bois bu yilgi mashg‘ulotlarda turli viloyatlardan ko‘plab o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Navbatdagi o‘quv kurslarida qatnashish uchun qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqqan, bu sohada o‘z rejalari va maqsadlariga ega bo‘lgan yoshlar suhbatdan o‘tishdi. Unga ko‘ra, 1 922 nafar o‘qish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizdan 150 nafari tanlab olindi.
2021-yilning 3-iyun kuni Fermerlar maktabi o‘quv kursining ilk mavsumiga start berilgan. Bugungi kungacha 73 nafar talaba “GOLD” sertifikatini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Fermerlar maktabi qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z biznesini ochish yoki yuritish uchun “Agrobank” ATB kreditlarini olayotgan yoshlarning soha bo‘yicha bilim va malakaga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni hamda sohada faoliyat yuritayotgan fermerlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish orqali mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: