So‘nggi kunlarda Tovar-xomashyo birjalarida un narxining pasayishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yil 1-yun kungi birja savdolarida bir tonna 1-navli un mahsuloti 4 497,8 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 14-iyun kungi birja savdolarida 1-navli unning narxi 4 336,7 ming so‘mni tashkil etdi va boshlang‘ich narxga nisbatan 3,6 %ga arzonlashdi. Ayniqsa, 8-iyun kunidan boshlab un narxida keskin pasayishlarni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, 8-14-iyun kungi savdolarda un narxining kunlik pasayishi 0,6-2.9 % ni tashkil etdi.
1-14-iyun kunlarida o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra, jami 90 713 tonna 1-navli un mahsuloti savdolarga qo‘yilgan bo‘lib, bir kunlik savdolarda sotilgan unning hajmi o‘rtacha 9 301 tonnadan to‘g‘ri kelmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: