Tovar-xomashyo birja savdolarida sotilgan paxta yog‘ining yanvar oyidagi o‘rtacha narxi 1 tonna mahsulot uchun 14 949,5 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu oydagi savdolarda paxta yog‘ining minimal narxi 10 947,1 ming so‘mni, maksimal narxi esa 16 479,5 ming so‘mni tashkil etdi.
Fevral oyida ham paxta yog‘ining birja narxlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan bo‘lsada, mart oyidan boshlab paxta yog‘i narxida keskin o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, mart oyida paxta yog‘ining maksimal narxi 17 331 ming so‘mgacha ko‘tarilib, yanvar oyining maksimal narxiga nisbatan 5,2% ga oshgan.
Eng yuqori narx may oyidagi savdolarda kuzatilib, 1 tonna mahsulot uchun 18 842,9 ming so‘mni tashkil etgan va yanvar oyining maksimal narxi (16479,5 ming so‘m)ga nisbatan 14,3% o‘sgan, shu oyning minimal narxi (10 947,1 ming so‘m)ga nisbatan esa 72,1 %ga oshgan. Shuningdek 31-may kungi savdolarda paxta yog‘ining realizatsiyasi o‘rtacha 16 954,3 ming so‘mdan amalga oshirilib, bu esa joriy yilning ilk savdo kuni (5-yanvar)dagi o‘rtacha narx – 16 479,5 ming so‘mga nisbatan 2,9 % ga oshganligini ko‘rsatmoqda.
Yil boshidan (yanvar-may) buyon esa bir tonna paxta yog‘ining o‘rtacha narxi 15 524,5ming so‘mni tashkil etib, yanvar oyidagi o‘rtacha narxga nisbatan 2,5%ga o‘sgan.
2022-yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston Tovar-xomashyo birja savdolarida sotilgan paxta yog‘ining hajmlari, tonna
Joriy yil yanvar-may oylarida birja savdolariga chiqarilgan paxta yog‘ining eng ko‘p hajmi 5-may kungi savdolarga to‘g‘ri kelib, ushbu kungi savdolarda ishlab chiqaruvchilar tomonidan jami 3 813,3 tonna paxta yog‘i taklif qilingan. Bu yanvar oyidagi maksimal taklif (901,1 tonna) ga nisbatan 4,2 barobar ko‘pdir.
Aholi va tashkilotlarda, ayniqsa umumiy ovqatlanish korxonalarida paxta yog‘iga bo‘lgan talabning oshishi tovar-xomashyo birjalaridagi savdolarda taklif etilayotgan paxta yog‘i hajmining ortib borishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra birja savdolarida sotilayotgan paxta yog‘ining hajmi har oyda ortib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan, yanvar oyida 1 kunlik birja savdolariga qo‘yilgan paxta yog‘ining o‘rtacha miqdori 293,7 tonnani; fevralda – 304,7 tonna; martda – 588,2 tonna; aprelda – 475,5 tonna hamda may oyida 721,5 tonnani tashkil etdi. Joriy yil boshidan kunlik savdolarda o‘rtacha 485,3 tonnadan paxta yog‘i realizatsiya qilindi.
2022-yil yanvar-may oylarida paxta yog‘ining o‘rtacha narxlari eng yuqori bo‘lgan kunlar hamda savdolarda paxta yog‘i hajmi eng ko‘p taklif etilgan kunlar dinamikasi
2022-yil yanvar-may oylarida paxta yog‘ining o‘rtacha narxlari eng past bo‘lgan kunlar hamda savdolarda paxta yog‘i hajmi eng oz taklif etilgan kunlar dinamikasi
Maʼlumotlar O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi maʼlumotlari asosida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Statistik tahlil boshqarmasi tomonidan tayyorlandi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: