Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Janubiy Koreyaning Kopia markazi ishtirokida “Sholini ko‘chat ekish mashinasida ekib yetishtirish” mavzusida dala seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti vakillari hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan fermerlar ishtirok etishdi.
Dala seminarida zamonaviy va qulayliklarga ega bo‘lgan yangi ko‘chat ekish mashinasi (mexanizatsiya) ning ishlash jarayonlari ko‘rsatib berildi. Ushbu mashinaning afzalligi shundaki, u soatiga 1 gektar yerda sholi ko‘chatini ekishda 100 nafar ishchi kuchining o‘rnini bosadi. Bu ishni esa mashina yordamida bor-yo‘g‘i 3 nafar ishchi bajaradi. Har bir ekilayotgan ko‘chatning oralig‘i 12 sm dan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 6 qatorga ekiladi.
Tadbirda Kopianing O‘zbekistondagi markazi direktori OH SUNG JONG boshchiligidagi Janubiy Koreya davlati vakillari hamda O‘zbekistonning sholichilik yo‘nalishidagi olimlari o‘z tajribalari va ilmiy tadqiqotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Ikki davlat professorlari respublikamizning iqlim sharoitida yetishtirilayotgan sholi navlarini hosil berishdagi sifat ko‘rsatkichlari, eksportbop mahsulot yetishtirishdagi asosiy jihatlarga eʼtibor qaratishdi.

Shuningdek, qatnashchilar Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bo‘lib, sholichilik bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning natijalari bilan tanishishdi.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu dala seminari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-fevraldagi «Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida qamrab olingan maqsadlarni amaliyotga joriy qilish uchun tashkil etildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: