Respublikaning Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari 25-maydan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda janubiy tumanlarda hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2022-yili Respublikada 1 mln 32 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekildi. Ushbu maydonlardan 7,8 mln tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan qo‘shimcha 1,1 mln tonna ko‘p don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
G‘allaning pishish holatidan kelib chiqib:
– Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 1 – 5 iyundan;
– Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 6 – 10 iyundan;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 11– 15-iyundan g‘alla o‘rim-yig‘im ishlariga boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yil yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda sifatli o‘rib-yig‘ib olish maqsadida respublikada 2 ming 633 ta g‘alla o‘rish otryadlari tashkil etildi. Mazkur otryadlarga 3 ming 382 ta yuqori unumli g‘alla o‘rish kombaynlari, 13 ming 675 ta yuk avtomobillari, 1 ming 498 ta traktor tirkamalari, 1 ming 374 ta ko‘chma ustaxona va 1 ming 425 ta yonilg‘i qo‘yish shahobchalari biriktirilgan. Bugungi kunda o‘rim-yig‘im ishlariga jalb etilayotgan kombaynlar bilan 25-30 kunda g‘allani to‘liq o‘rib olish imkoniyati mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: