2022-yil 16-maydan 20-maygacha bo‘lgan birja savdolarida kimyoviy o‘g‘itlarning narxi 10-maydan 13-maygacha bo‘lgan birja savdolaridagi narxlarga nisbatan arzonlashgan.
Jumladan, 16-20-may kunlari bir tonna ammiakli selitra “A” (qopda) ning o‘rtacha narxi bir tonna mahsulot uchun 2 082 ming so‘mdan sotilib, avvalgi haftaga nisbatan 4,7% (102,2 ming so‘m)ga arzonlashgan.
Shuningdek karbamid “V” (qopda) o‘rtacha narxi – 3861,4 ming so‘m, 3,5% (140,1 ming so‘m)ga; ammofos 46:11 (qopda) o‘rtacha narxi – 6 980,3 ming so‘m, 4,2% (303,3 ming so‘m)ga; superfosfat (qopda) – 1 215,3 ming so‘m, 1,5% (18,3 ming so‘m)ga; xlorlangan kaliy (qopda) – 2 293,8 ming so‘m, 9,7% (247,4 ming so‘m)ga; sulfat ammoniy (qopda) – 2 384,3 ming so‘m, 2,4% (59,1 ming so‘m)ga arzonlashgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: