Bugun poytaxtning Sirg‘ali tumanidagi “Flowers garden” ko‘rgazma maydonida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan bir qator boshqa vazirlik va idoralar, shuningdek soha olimlari va mutaxassislari ishtirokida «Shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va ularning tibbiyotdagi ahamiyati» mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Qizg‘in savol-javob ruhida o‘tgan uchrashuvda dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlashni tashkil etish, ushbu o‘simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kasalliklarning oldini olish va davolashda shifobaxsh o‘simliklarni keng qo‘llash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, fuqarolar salomatligini taʼminlashda xalq tabobatining rolini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi. Tadbir oxirida sohadagi innovatsion texnologiyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: