O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududlarda tashkil etilgan AKIS agroxizmatlar, bilim va innovatsiyalar markazi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda agrar soha vakillari uchun turli yo‘nalishdagi xizmat, bilim va ishlanmalarni taqdim etib kelmoqda.
Aholiga qishloq xo’jaligining turli yo’nalishlarida bilim berish uchun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tomonidan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan. Ayni vaqtga qadar birgina Jizzax viloyatining o’zida 700 nafar fuqaro mazkur kurslarni tamomlab, maxsus sertifikatga ega bo’ldi. Bu sertifikat auksion orqali yer uchastkasini ijaraga olish uchun 3 % imtiyoz beradi.
Aytish kerakki, Markaz rahbariyati hamda unda faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlari dehqon xo`jaliklari uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida ekinni ekib, uni unib chiqishi va hosil berguniga qadar muammolarga duch kelmasligini nazorat qilishni muntazam yo`lga qo`yishgan. Jumladan, agrar soha vakillari uchun murojaatlarni qabul qilish bo`yicha maxsus platforma yaratilgan va unda qay tartibda subsidiyalar ajratish, yer maydonlarini ijaraga olish kabi muhim savollarga javob beriladi. Muammolarni bartaraf etilishida avvalo, joyiga chiqib o‘rganiladi va amaliy yordam beriladi.
Markaz faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida Jizzax viloyatidagi AKIS markazi tomonidan hozirgi kunda sinov tarzida Baxmal tumanida filial tashkil etildi. Unda agrar soha vakillari uchun agromaslahatlar, urug’ va agrotexnikalar savdosi yo`lga qo`yilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: