Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi Islom tashkiloti (OXIT) va BAA Abu-Dabi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi (ADAFSA) bilan hamkorlikda Abu-Dabida “Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida strategik rejalashtirish va siyosatni ishlab chiqishni tashkil etish” mavzusida mintaqaviy o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bangladesh, Iroq, Iordaniya, BAA, Yaman va boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirliklarining 40 dan ortiq mutaxassislari qatorida O‘zbekiston vakillari ham qatnashishdi.
Mintavaqiy o‘quv seminarda BAA ning 2051-yilgacha mo‘ljallangan milliy hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasidagi masalalari muhokama qilindi. Xususan, Irlandiya va Bangladeshning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi erishgan yutuqlari va ularning implementatsiyasi (ingl. implementation – aynan amalga oshirish, hayotga tadbiq etish) bo‘yicha taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, ushbu seminarda OXIT (A. Baudaulet) va Irlandiya barqaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash tashkiloti (D. Batler) o‘rtasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Maʼlumot uchun: Oziq-ovqat xavfsizligi Islom tashkiloti (OXIT) 2013-yilda Nur Sultan shahrida Islom Hamkorlik Tashkilotining hukumatlararo yig‘ilishida tashkil etilgan bo‘lib, u 36 ta doimiy aʼzo va 21 ta hamkor davlatlarni birlashtirgan.
Seminar tug‘risida batafsil quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://www.iofs.org.kz/post/751
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: