Qoraqalpog‘iston respublikasi Beruniy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev rahbarligida “Dala madaniyati – fermer daromadi” shiori ostida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda qishloq xo‘jaligi korxonalari xususan, fermer xo‘jaliklari, MChJ va klasterlar avvalo, dalalarda yerga-yer qo‘shish, uning chetlariga oziq-ovqat ekinlarini ekish, yerlardan unumli foydalanish kabi tartiblar asosida dala madaniyatiga rioya etishi kerakligiga e‘tibor qaratildi. Shuningdek, tejovchi texnologiyalarni joriy qilish orqali suv resurslaridan samarali foydalanish, paxta va g‘alla ekinlarini o‘stirish, sabzavot, poliz va moyli ekinlarni parvarish qilish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari D. Qaypov hamda agrar soha vakillari ishtirok etishdi.
Seminardan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh. G‘aniyev tumandagi “KKR ipak klaster” MChJ pillachilik klasteri korxonasiga tashrif buyurdi. U yerda 2022-yil hosili uchun yetishtirilgan pilla xomashyosini qabul qilish jarayonlari va ushbu yilda ishga tushadigan pillani qayta ishlash fabrikasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: