O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida vazirlik huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligining hududiy xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan “Ekstenshn agentlari uchun bog‘dorchilikda qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” mavzuidagi maxsus besh kunlik trening bo‘lib o‘tdi.
Dasturda “dala amaliyotlari” o‘tkazilib, unda ishtirokchilar mahsulot yetkazib beruvchi korxona, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va qayta ishlash korxonasiga tashrif buyurishdi. Olingan bilimlar Agentlik xodimlariga mahalliy fermerlar bilan bog‘lanish va O‘zbekistondagi agrobiznes vakillari duch kelayotgan muammolarni hal qilishda yordam beradi.
Trening doirasida ishtirokchilar AGROHOUSE kompaniyasiga tashrif buyurishdi. U yerda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari uchun zaruriy bo‘lgan vositalar, jumladan, kimyo vositalari, o‘g‘itlar, urug‘lar, asbob uskunalar hamda agrokonsalting xizmatlari bilan tanishishdi. Shuningdek, kompaniya do‘konlaridan birida ham bo‘lishdi.
Tadbir davomida O‘rta Chirchiq tumanidagi “O‘rta Chirchiq Golden Fruts” korxonasi faoliyati bilan tanishishib, intensiv bog‘, tomchilatib sug‘orish tizimi, sovutkich va boshqa meva yetishtirish agrotexnologiyalari sir-sinoatlariga guvoh bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha maqsadli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qiymat zanjiri bo‘yicha yangi texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etish orqali mamlakat qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: