Bugun Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev boshchiligida bog‘dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev, O‘zR Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, shuningdek, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zR Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, viloyat hokimlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda bir qator tashkilotlar, shuningdek, agrar korxonalar vakillari faol ishtirok etmoqda.
Tadbir davlat rahbarining 2022-yil 12-13-may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan tashkil etilgan bo‘lib, maqsad adir yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha Oltiariq tajribasini joriy etishdan iborat.
Seminar doirasida Oltiariq tumanidagi Yangi O‘zbekiston uzum plantatsiyasi, Quvasoy shahridagi gilos plantatsiyalari, Farg‘ona tumanidagi uzumni zamonaviy qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, tekstil sanoat korxonalari kabi obyektlarga tashrif nazarda tutilgan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: