Tokni parvarishlashning samarali usullaridan biri bu uni xomtok qilishdir. Xomtok qilinganida, tokning novda va barglari siyraklashadi. Uning atrofida shamol aylanishi yaxshilanib, namlik kamayadi. Bu esa, tokdagi kasallikning rivojlanishini oldini oladi.
Ob-havo, nav va yer sharoitlaridan kelib chiqib, tok bir yilda ikki marotaba xomtok qilinadi. Birinchisida, tok sho‘ra chiqarib, hosilli va hosilsiz novdalar farqlana boshlagandan gullagunigacha paytda “sho‘ra xomtok” qilinadi. Unda tokda o‘sib chiqqan baquvvat novdalardan 3–4 tasi qoldiriladi va qolganlari kesib tashlanadi. Ikkinchisida, g‘o‘ralar moshdek hajmda bo‘lganida “g‘o‘ra xomtok” ishlari amalga oshiriladi. Birinchi xomtokdan qolgan hosilsiz, ortiqcha va zich, noo‘rin o‘sgan bachki novdalar olib tashlanadi.
Tok yaxshi o‘sib, serhosil bo‘lsa, novdalari tarab, bog‘lab qo‘yiladi. Tokning barg va novdalari oz bo‘lsa, ularni ortiqcha siyraklashtirish kerak emas. Chunki bu hosilni oftobdan zararlanishga olib kelishi mumkin.
Xomtokda barglarni ko‘plab va pala-partish kesib tashlash aslo mumkin emas. Chunki barglar siyraklashsa, hosili bor novdalarga oziq moddalarning kelishi susayadi va yulib olingan barg qoldig‘idagi kurtak zararlanadi.
Unutmang: Хomtokdan keyin qolgan novdalar nam latta bilan sim bag‘azlarga bog‘lanadi. Aks holda, novdalar salgina shamolda sinib ketadi.
Tavsiya: Uzumzorlarda oidium va antraknoz kasalliklarining dastlabki belgilari paydo bo‘lganda yoki vegetatsiya davrida quyidagi fungitsidlardan birini qo‘llash kerak:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: